Jamoatchilik nazorati
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarining natijadorligi hududlar kesimida jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganilib monitoring qilinmoqda.
Xususan, Federatsiya rahbari J.Sarimsoqov boshchiligidagi ishchi guruh Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanida bo‘lib ijtimoiy soha ob’ektlari — umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim hamda sog‘liqni saqlash muassasalarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi yuzasidan qilingan ishlarni o‘rganmoqda.
Jamoatchilik nazorati tartibida olib borilayotgan ushbu o‘rganishlarda aniqlangan holatlar tegishli vazirliklar hamda mahalliy hokimliklarga yuboriladi, shuningdek mas’ullar ishtirokidagi yig‘ilishlarda muhokama qilinib, yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarning bartaraf etilish choralari ko‘riladi.
O‘rganishlar davomida aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha muassasalar rahbarlariga tegishli tavsiyalar berib borilmoqda.
Federatsiya matbuot xizmati
Отправить комментарий