Asossiz qarzdorlik summalarini fuqarolarning shaxsiy hisob varaqlaridan chiqarilishi ta’minlandi
Beshariq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati ijro etuvchi apparati mutaxassislari «Dehqonobod» MFY Guliston ko‘chasida yashovchi bir guruh fuqarolarning o‘z hududlariga “Ferghana special trans» MChJning maishiy chiqindilarni tashib olib ketish bo‘yicha ko‘rsatayotgan xizmatlari bo‘yicha yuzaga kelgan qarzdorliklar yuzasidan e’tiroz bildirib yozgan murojaatlarini o‘rganib chiqildi.
Fuqarolar murojaatlari asosida olib borilgan o‘rganish ishlari davomida korxonaning hududga nazoratchi vazifasiga biriktirilgan mas’ul xodimi tomonidan fuqarolarni yetarli darajada amaldagi tartib va qoidalar bilan tanishtirish, ularni o‘z majburiyatlariga e’tiborsizlik qilish holatlarida yuzaga keluvchi huquqiy oqibatlardan ogohlantirish kabi ishlar olib borilmaganligi hamda hududdagi xonadonlarda yashovchi oilalar va ularning a’zolari soni bo‘yicha tegishli tartibdagi tasdiqlovchi dalolatnomadan iborat ma’lumotni korxona rahbariyatiga taqdim etmaganligi sababli abonentlarda oshiqcha qarzdorliklar yuzaga kelganligi kuzatildi..
O‘rganish yakunlariga ko‘ra, korxona rahbari nomiga so‘rov xati kiritilib, ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun oshiqcha hisoblangan qarz majburiyatlarini hisobdan chiqarish talabi qo‘yildi. Korxona rahbariyati mazkur so‘rov xati asosida Guliston ko‘chasida istiqomat qiluvchi 7 nafar fuqaro xonadoni uchun oshiqcha hisoblangan qarzdorliklar qayta hisob-kitob qilinib, ularga nisbatan hisoblangan jami 816 000 so‘m asossiz qarzdorliklarni bartaraf qilinganligini va ushbu summalar mos ravishda ularning shaxsiy hisob varag‘idan chiqarilishi ta’minlanganligini ma’lum qildi.
O‘rganish ishlari davomila tomonlarga iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablari bo‘yicha tushuntirish va tavsiyalar berildi.
Baxtiyor Jo‘raev,
tuman jamiyati mutaxassisi.
Отправить комментарий