Iste’molchi katta miqdorda zarar ko‘rishining oldi olindi

Iste’molchi katta miqdorda zarar ko‘rishining oldi olindi

Quva tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida «Yangiqishloq» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi U.T.ning xarid qilingan shifer mahsulotini sifatsiz chiqqanligi yuzasidan Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga qilgan murojaati o‘rganildi.

Murojaatchi joriy yilning may oyida tumanning «Chimboy» qishlog‘ida joylashgan xo‘jalik mollari do‘konidan 150 dona shifer mahsulotini har bir donasini 37000 so‘mdan, jami 5 mln 550 ming so‘mga xarid qilganligi, shiferlarni tomga yopish jarayonidayoq ularning 44 donasi yorilib ketganligi, shundan so‘ng ustalar qolgan 106 dona shiferni tomga yopish ishlarini to‘xtatganliklarini, iste’molchi ushbu masaladagi shikoyati bilan sotuvchiga, shuningdek ishlab chiqaruvchi korxona vakillariga murojaat qilganligini, lekin qonuniy talablari bajarilmay kelayotganligini ma’lum qiladi.

Murojaatni o‘rganish davomida iste’molchi tomonidan ko‘rsatilgan vajlarning to‘g‘riligi, u qurilish mahsulotini haqiqatan ham yuqoridagi savdo do‘konidan xarid qilganligi, uni tomga yopish jarayonida nuqsonlar kuzatilganligi o‘z isbotini topdi. Tuman jamiyati xodimlari sotuvchiga qonunning mazkur holatdagi talablari, uning yuzaga kelgan holatdagi majburiyatlari yuzasidan tushuntirishlar berdilar. O‘rganish yakuniga ko‘ra esa, tomga yopilish jarayonida darz ketgan 44 dona hamda foydalanilmasdan qoldirilgan 106 dona, jami 150 dona shiferlarni boshqa maqbul sifatdagi shiferlar bilan almashtirib berilishiga erishildi.

Adxamjon Xamidov
Quva tuman jamiyati raisi

Отправить комментарий