«Shirkat» oldidagi qarzdorlik va majburiy badallar masalasiga oydinlik kiritib berildi
Marg‘ilon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida shaharning «Chilonzor» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida istiqomat qiluvchi R.A.ning xonadonlariga xizmat ko‘rsatuvchi shirkat oldidagi qarzdorligi hamda shirkat tomonidan olinayotgan to‘lovlarni haqqoniyligiga oydinlik kiritib berilishida yordam ko‘rsatilishini so‘rab Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga yo‘llagan murojaati o‘rganildi.
O‘rganishda fuqaro murojaatida «shirkat» deb tilga olingan tashkilot aslida hududdagi ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi Boshqaruv servis kompaniyasi (BSK) ekanligi, kompaniya tomonidan fuqarodan 2023 yilning 4 iyul kunida ko‘p qavatli uylarning mulkdorlaridan olinadigan majburiy badal tarzida 293 000 so‘m to‘lov qabul qilib olinib, unga to‘lovni tasdiqlovchi hujjat taqdim qilinganligi, o‘rganish o‘tkazilgan kun holatiga fuqaroning mazkur to‘lovlardan qarzdorligi yo‘qligi ma’lum bo‘ldi.
Shuningdek, fuqaroga mazkur BSK tomonidan ko‘p qavatli uylar mulkdorlaridan xonadonning har bir kvadrat metri uchun 600 so‘mdan majburiy badal yig‘ilayotgani, u ushbu holda oylik 27700 so‘m to‘lov to‘lab borishi kerakligi, badal miqdori esa ularga xizmat ko‘rsatib kelgan va hozirda tugatilgan sobiq shirkat davrida ular xonadonning har bir kvadrat metri uchun to‘lab kelgan summa (600 so‘m)dan oshirilmaganligi tushuntirildi.
Muhammadaziz Isaqov,
shahar jamiyati bosh mutaxassisi.
Отправить комментарий