Hujjatlarning to‘liq emasligi yangi avtotransport vositasiga davlat raqamini olish ishlarini cho‘zilib ketishiga sabab bo‘lgan

Hujjatlarning to‘liq emasligi yangi avtotransport vositasiga davlat raqamini olish ishlarini cho‘zilib ketishiga sabab bo‘lgan

Yozyovon tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida «Yuqori Soybo‘yi» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi A.Botirovning 2 oy oldin 45 000 000 so‘mga xarid qilingan avtotransport vositasi (motosikl, tirkama, agregat)ni sotuvchi tomonidan hujjatlari to‘liq taqdim qilinmagani oqibatida Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasida ro‘yxatga qo‘ya olmayotganligi yuzasidan qilgan murojaati o‘rganildi.

Ma’lum bo‘lishicha, iste’molchi Farg‘ona shahrida faoliyat olib borayotgan “F. P. S.” MChJdan joriy yilning 15 mart kunida FV-0036-sonli shartnoma asosida LOCHIN LC 300 CC rusumli avtotransport vositasi (motosikl, tirkama, agregat)ni xarid qilgan. Lekin sotuvchi tomoni yangi avtotransport vositasining yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasiga taqdim qilinadigan ma’lumotnoma hujjatini to‘ldirishda xatolikka yo‘l qo‘ygani sababli, xaridor qo‘liga undan tashqari qolgan barcha hujjatlarni topshirib, keyinchalik to‘g‘rilab berilishi va’da qilingan.

O‘rganish davomida ushbu kamchilikni tezkorlikda bartaraf etilishiga va iste’molchiga berilishi lozim bo‘lgan hujjat to‘g‘rilab berilib, uning tomonidan davlat raqami olish uchun Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasiga kiritildi.

Shavkatjon Saidov,
tuman jamiyati mutaxassisi.

Отправить комментарий