O‘z vaqtida yetkazib berilmagan «Damas»ning puli qaytarildi

O‘z vaqtida yetkazib berilmagan «Damas»ning puli qaytarildi

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasida Quvasoy shahrida yashovchi M.A.ning «Damas» rusumli avtomashina xarid qilish uchun imzolangan shartnoma shartlari o‘z vaqtida bajarilmagani va shu sababli to‘langan pullarini qaytarib olishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab qilgan murojaati o‘rganildi.

Iste’molchiga va ushbu murojaat asosida Farg‘ona shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan yo‘llangan so‘rov xatiga «Umid avto kompanies» MChJ dan 23.11.2023 yilda olingan javob xatiga ko‘ra, tomonlar o‘rtasida 09.02.2023 yilda 08/02/F-08-sonli «Damas» rusumli avtotransport vositasini ijara va keyinchalik sotib olish huquqi bilan shartnoma imzolangan bo‘lib, avtotransport vositasi to‘lovchi (mijoz)ga 120 ish kuni ichida yetkazib berilishi belgilab qo‘yilganligi, sharnomaning 2.2.5-bandiga ko‘ra avtotransport vositasi belgilangan muddatda yetkazib berilmasligi holatiga MChJ javob bermasligi, ijrochi tomoni avtotransport vositasi mijozga o‘z vaqtida yetkazib berilmagani sababli, shartnomaning 2.1.2-bandiga ko‘ra, mijozga xabarnoma orqali 3 ta avtomashina taklif qilingani, ammo mijoz tomonidan murojaat javobsiz qoldirilganini vaj qilib ko‘rsatadi. Ushbu masala yuzasidan iste’molchi M.A.ga 27.02.2024 yilda berilgan ma’lumotnomada esa uning MChJga 21.09.2023 yilda bergan arizasi tegishli ravishda qayd qilinganini, uning pullari 60 ish kunida, 29.03.2024 yil kuniga qadar qaytarib berilishini kafolatlaydi.

Hududiy birlashma yuqoridagi hujjatlar asosida, MChJ tomonidan iste’molchiga pullarni qaytarish bo‘yicha berilgan kafolat muddatlari o‘tgach, 13.04.2024 yilda Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga da’vo arizasi tayyorlab kiritdi. Shundan so‘ng, MChJdan hududiy birlashmaga 24.04.2024 yil kunida shartnoma, uning bajarilishi kechikishi sabablari bayon qilingan ma’lumotnoma hamda fuqaroga 56 469 000 so‘m pullarini qaytarilganligi to‘g‘risidagi to‘lov topshiriqnomasi nusxasi kelib tushdi.

Faxriddin Boynazarov,
hududiy birlashma sektor boshlig‘i.

Отправить комментарий