Qo‘mita raisi jamoat tashkiloti faollari bilan uchrashdi
Farg‘ona shahridagi «Nodavlat notijorat tashkilotlari uyi»da O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi Turaxujayev Halilillo Sobirjonovichning O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi tizimida mehnat faoliyati olib borayotgan rahbar va mas’ul xodimlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasining «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonuni hamda sohaga oid boshqa qonunchilik hujjatlari ijrosini ta’minlashda «Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida»gi qonun bilan yaratib berilgan imkoniyatlardan hamda «Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida»gi qonun normalaridan samarali foydalanish, qonunlar ijrosini ta’minlashda, shuningdek mamlakatimizda iste’molchilik ijtimoiy harakatini keng quloch yoyishida duch kelinayotgan muammolar va ularning yechimlari, sohada ijtimoiy sheriklik va hamkorlik istiqbollari yuzasidan atroflicha muhokamalar o‘tkazilib, tadbir ishtirokchilarining mavzuga oid masalalardagi fikr-mulohazalari hamda takliflari tinglandi.
Tadbir yakunlariga ko‘ra, mamlakatimizda iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning huquqiy bilim saviyasi va iste’mol madaniyatini oshirish, ichki bozorda sotilayotgan iste’mol tovarlarining zarur sifatda bo‘lishini va xavfsizligini hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikning boshqa talablarini ta’minlash yuzasidan o‘tkaziladigan monitoringlaringlarda Qo‘mita hamda Federatsiya tizim tashkilotlari o‘rtasida yanada yaqindan ijtimoiy sheriklik va hamkorlik olib borilishiga kelishib olindi.
Отправить комментарий