Yana bir tibbiyot muassasasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Yana bir tibbiyot muassasasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Farg‘ona shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tashabbusi bilan viloyat Narkologik dispanseri xodimlari o‘rtasida amaldagi qonunchilik targ‘iboti yuzasidan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkillandi.

Tadbirda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik asoslari, yurtimizda iste’molchilik ijtimoiy harakati, Federatsiya va uning hududiy tashkilotlari faoliyati yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berib o‘tilib, ushbu tibbiyot muassasasida Federatsiyaning boshlang‘ich tashkiloti (tayanch guruhi) faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasi ham ko‘rib chiqildi.

Tadbir yakunlariga ko‘ra tibbiyot muassasasi va Federatsiyaning Farg‘ona shahar jamiyati o‘rtasida tibbiyot xodimlarining iste’molchilik huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning iste’molchilik sohasiga oid huquqiy bilim saviyasi va iste’mol madaniyatini yuksaltirish masalalarida yaqindan ijtimoiy sheriklik va hamkorlik olib borishga kelishib olindi.

Отправить комментарий