Oilaviy poliklinikada tibbiyot xodimlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Farg‘ona shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan shahardagi 2-oilaviy poliklinika xodimlari ishtirokida “Iste’molchilar huquqlari – qonun himoyasida” mavzusida amaldagi qonunchilik targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir kun tartibida asosiy e’tibor mamlakatimizda iste’molchilik ijtimoiy harakatini yanada keng quloch yoydirish va ushbu jarayonlarda ta’lim muassasasi xodimlarining ham faol ishtirokini ta’minlash masalalariga qaratildi.
Tadbirda yurtimizda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik asoslari, qonunchilik ijrosini ta’minlashda davlat va nodavlat tashkilotlarining ishtiroki va tutgan o‘rni, mamlakatimiz iste’molchilik ijtimoiy harakatini yanada rivojlantirish istiqbollari kabi masalalar atroflicha muhokama qilindi.
O‘tkazilgan tadbir doirasida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarilib, uning yakunlariga ko‘ra tibbiyot muassasasi hamda Federatsiyaning shahar jamiyati o‘rtasida aholining iste’molchilik huquqiy bilim saviyasi va iste’mol madaniyatini yanada oshirish ishida yaqindan hamkorlik olib borishga kelishib olindi.
Usmonjon Ruziyev,
shahar jamiyati mutaxassisi.
Отправить комментарий