Gaz hisoblagich uskunada yuzaga kelgan nosozlik bartaraf etib berildi

Gaz hisoblagich uskunada yuzaga kelgan nosozlik bartaraf etib berildi

Farg‘ona tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida tumanning «Damko‘l» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi R.M.ning gaz hisoblash uskunasi (GHU)da yuzaga kelgan nosozlik va uni barataraf etilishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab qilgan murojaati o‘rganildi.

Murojaat asosida tuman gaz idorasi mas’ullari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan o‘rganishda xonadondagi GHU «Billinggaz» dasturiga ko‘rsatgich yubormayotganligini aniqlandi va o‘rganish doirasida GHUga yangi batareyka o‘rnatilib, yuzaga kelgan nosozlik holati bartaraf qilindi.

O‘rganish ishlari doirasida tomonlarga amaldagi iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablari targ‘iboti oli borilib, uning yakunlari bilan iste’molchiga muammo bartaraf etilganligi yuzasidan javob xati yuborildi.

Abror Isaqov,
tuman jamiyati mutaxassisi.

Отправить комментарий