Anglashilmovchilikning kelib chiqishi sababi bartaraf etildi

Anglashilmovchilikning kelib chiqishi sababi bartaraf etildi

O‘zbekiston tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida «O‘qchi» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida istiqomat qiluvchi Z.Yu.ning foydalanilgan tabiiy gaz uchun to‘lovlarni amalga oshirib borayotgan bo‘lsada, xonadoniga o‘rnatilgan gaz hisoblagich uskunasida yuzaga kelgan nosozlik sababli unga qarzdorlik mavjudligi bo‘yicha SMS xabarnoma kelganligi, holatga oydinlik kiritilishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi ishonch telefoniga qilgan murojaati o‘rganildi.

Iste’molchi murojaatida qarzdorlikni kelib chiqishga sabab bo‘lgan holat sifatida 2024-yilning dekabr oyidan buyon gaz hisoblagich uskunasi ko‘rsatgichlari ko‘rinmayotganligi, buning sababi esa hisoblagichni quvvat bilan ta’minlovchi batareykasi ishdan chiqqan bo‘lishi mumkinligini, lekin to‘lovlarni to‘lab borayotganligini qo‘shimcha qiladi.

Murojaat o‘rganilganda iste’molchi xonadoni tabiiy gazdan foydalanayotganligi, xonadonda noqonuniy ulanishlar mavjud emasligi, gaz hisoblagich uskunasining ko‘rsatkichi 14 763 metr kub ni tashkil etayotganligi, o‘rganuv vaqtiga xonadonda qarzdorlik mavjud emasligi ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, muammoni keltirib chiqargan holat gaz hisoblagich uskunasining batareykasi quvvati tugaganligi sababli dasturga ma’lumotlarni uzatmayotganligi qayd qilinib, gaz idorasining o‘rganishga taqdim qilgan xatida bu kabi holatlarda mahalla gazchilari tomonidan har 15 kunda iste’mol ko‘rsatkichlari (obxod) olinayotganligi, xonadondagi hisoblagich batareykasini tegishli tartibda almashtirib berilishi uchun ro‘yxatga olinganligi ma’lum qilindi.

Isomiddin Abbosov,
tuman jamiyati mutaxassisi.

Отправить комментарий