Iste’molchining qonuniy talabini bajarmaslik shartnomani bekor qilinishi bilan yakun topdi

Iste’molchining qonuniy talabini bajarmaslik shartnomani bekor qilinishi bilan yakun topdi

Quva tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida «Tinchlik» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi L.E.ning shartnoma qiymati 1 452 000 so‘m bo‘lgan, bo‘lib to‘lash shartlarida xarid qilingan oziq-ovqat pishirishga mo‘ljallangan idishlar to‘plamida nuqson aniqlangani va ularni sotuvchiga qaytarib shartnoma bekor qilinishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga qilgan murojaati o‘rganildi.

Iste’molchiga ko‘ra, u tumandagi «Garant» savdo do‘konidan Kukmara rusumidagi oziq-ovqat pishirishga mo‘ljallangan idishlar (qozon, tova) to‘plamini bo‘lib to‘lash shartlarida xarid qilish bo‘yicha shartnoma imzolagan. Idishlar xonadonga keltirilganida ulardan bittasida nuqsoni (defekti) borligini aniqlagan. Sotuvchi tomonidan nuqsonli tovarni almashtirish talabi bajarilmagach, shartnoma bekor qilinishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab Federatsiya ishonch telefoniga murojaat qilgan.

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, agar sotuvchi iste’molchining tovarni almashtirib berish to‘g‘risidagi talabini bajarmagan bo‘lsa iste’molchida shartnomani bekor qilish huquqi vujudga keladi. Quva tuman jamiyati mutaxassislari murojaatni o‘rganish davomida sotuvchiga qonunchilikning yuqoridagi va boshqa tegishli normalari talablari yuzasidan tushuntirishlar olib borib borishlari natijasida shartnoma bekor qilinib, idishlar to‘plami sotuvchiga qaytarilishiga erishildi.

Adxamjon Xamidov,
tuman jamiyati raisi.

Отправить комментарий