Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi

Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi viloyat hududiy boshqarmasi tashabbusi hamda Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari viloyat hududiy birlashmasi hamkorligida Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida “15-mart – Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni”ga bag‘ishlab ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkillandi.

Oliy ta’lim muassasasi talaba va o‘qituvchilari ishtirokida tashkillangan mazkur tadbirda so‘zga chiqqanlar, iste’molchi tushunchasining vujudga kelishi, bu sohada qonunchilik shakllanishi, 15-martni “Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni” sifatida e’tirof etilishi tarixi, mamlakatimiz Konstitusiyasi va qonunlarida tegishli normalarni aks etishi, alohida qonun qabul qilinishi, iste’molchi huquqi himoyasining davlat tomonidan kafoaltlanishi, iste’molchilik ijtimoiy harakatining shakllanishi, bugungi kunda sohaga daxldor idoralarga iste’mol sohasiga oid kelib tushayotgan murojaatlar, ularni o‘rganib chiqilshi natijalari bo‘yicha atroflicha tushuntirish va ma’lumotlarni berib o‘tdilar.

Tadbir doirasida ishtirokchilarning sohaga oid fikr-mulohaza hamda takliflari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar qaytarildi. Tadbir yakunlariga ko‘ra, oliy ta’lim maskani jamoasi hamda tegishli idoralar o‘rtasida iste’molchilar huquq va manfaatlarini himoya qilish ishida o‘zaro hamkorlik qilishga kelishib olindi.

Отправить комментарий