Qo‘shtepadagi ta’lim maskanida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi
Qo‘shtepa tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutasaddilari tomonidan hududdagi Federatsiyaning boshlang‘ich tashkilotlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan ta’lim muassasalarida tizimli asosda iste’mol sohasiga oid bo‘lgan turli mavzularda amaldagi qonunchilik targ‘iboti tadbirlari o‘tkazib borilmoqda.
Tumandagi 18-umumta’lim maktabida tashkillangan tadbir ham shular jumlasidan bo‘lib, unda ta’lim muassasasi mehnat jamoasi bilan uchrashilib, ularga iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik asoslari, sohaga oid so‘nggi yangiliklar, Federatsiya va uning hududiy tashkilotlari faoliyati yuzasidan ma’lumot va axborotlar berib o‘tildi.
Tadbir doirasida ta’lim tashkiloti xodimlarining sohaga oid fikr va mulohazalari, tizim tashkilotlari o‘rtasida ijtiomiy sheriklik va hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan takliflari tinglandi, shuningdek ularni savollariga javoblar qaytarildi.
Mar’rifatxon Saidova,
tuman jamiyati raisi.
Отправить комментарий