Xonadondagi iste’mol ko‘rsatkichlariga aniqlik kiritib berildi
Farg‘ona tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida tumanning «Mindonobod» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi K.B.ning xonadoniga o‘rnatilgan suv hisoblagich bilan bog‘liq masalada viloyat Raqobat boshqarmasiga qilgan murojaati o‘rganildi.
Iste’molchining so‘zlariga ko‘ra, xonadonidagi suv hisoblagich 2024 yilning oktyabr oyida ishlamay qolgan. Bu paytda hisoblagich ko‘rsatkichi 780 kub metr bo‘lib, iste’molchi ushbu ko‘rsatkichgacha bo‘lgan to‘lovlarni amalga oshirgan. Hisoblagichning 6 oydan buyon ishlamay turganligidan kelib chiqib, suv ta’minoti korxonasi nazoratchisi 1 400 000 so‘m hisoblab chiqarib bergan, lekin iste’molchi xonadondagi iste’mol ko‘rsatkichlarining mazkur hisob-kitobi yuzasidan o‘z e’tirozlarini bildirgan.
O‘rganish ishlari doirasida iste’molchi tomonidane keltirilgan vajlar o‘rganib chiqildi, suv ta’minoti korxonasiga tegishli hujjatlar asosida so‘rov xati kiritildi. O‘rganish ishlari davomida iste’molchi xonadonidagi hisoblagich nosozligi yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirilib, qayta hisob-kitob ishlari o‘tkazildi. Uning yakunlariga ko‘ra, xonadondagi iste’mol ko‘rsatkichlari
326 426 so‘mni tashkil qilishi aniqlanib, iste’molchi tomonidan ushbu summa to‘liq qoplab berildi.
Abror Isaqov,
tuman jamiyati mutaxassisi.
Отправить комментарий