Kuzatuv-o‘rganishlar rejasi asosida jamoatchilik nazorati tadbirlari olib borilmoqda
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi hamda Farg‘ona viloyat hokimligi tomonidan tasdiqlangan kuzatuv-o‘rganishlar o‘tkazish rejasi asosida non va un mahsulotlari, makaron hamda turli xil shirinlik ishlab chiqarish korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifati, savdo va sanitariya-gigiena qoida, me’yor va talablariga amal qilinish holatlarini o‘rganish, shuningdek bozorlar, yirik savdo va ko‘ngilochar maskanlar avtoturargohlari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar holatini, shuningdek hududlardagi noqonuniy avtoturargohlar faoliyatini o‘rganish yuzasidan jamoatchilik nazorati tartibida kuzatuv-o‘rganish ishlari o‘tkazilmoqda.
Birinchi holatda, o‘rganishlarda asosiy e’tibor oziq ovqat mahsulotini ishlab chiqarish va sotish jarayonlarining tashkiliy-texnik tomonlari, mahsulotlarni ishlab chiqarish va qadoqlash jarayonida sifat va xavfsizlik talablariga rioya qilinishi, mahsulot haqida iste’molchilarga zarur, to‘g‘ri va tushunarli ma’lumotlarni taqdim qilinishi kabi holatlarga, ikkinchi holatda esa avtoturargohlar faoliyatining qonuniyligi, ular tomonidan iste’molchilarga qonun talablarida ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlar taqdim qilinayotganligi, faoliyatni olib borishning tashkiliy tomonlari va xavfsizlik talablariga amal qilinishi kabi holatlarga qaratilmoqda.
O‘rganishlar yakunlari bo‘yicha tayyorlangan ma’lumotnomalar tegishli idoralarga kiritiladi.
Aholi vakillari (iste’molchilar)da ushbu yo‘nalishlarda murojaat (ariza, shikoyat, taklif)lari bo‘lsa, Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga, shuningdek https://murojaat.istemol.uz muloqot oynasiga tegishli ravishda og‘zaki va yozma tarzda qoldirishlari mumkinligini eslatib o‘tamiz.
Отправить комментарий