Asqarali Akbaraliyevich Raxmonaliyevning yorqin xotirasiga bag‘ishlanadi

Asqarali Akbaraliyevich Raxmonaliyevning yorqin xotirasiga bag‘ishlanadi

Har yili 12 may sanasida Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi va tuman (shahar) jamiyatlari tizimida mehnat faoliyati olib borayotgan xodimlar bir qator rahbarlik lavozimlarida samarali mehnat faoliyati olib borgan, xususan Farg‘ona viloyatida iste’molchilik ijtimoiy harakatini yo‘lga qo‘yishda katta xizmatlari singan inson, 2003-2010 yillarda hududiy birlashmani samarali boshqargan Asqarali Akbaraliyevich Raxmonaliyevni (1958-2010 yy.) xotirlaydilar.

Asqarali Akbaraliyevich davlat hokimiyati va boshqaruvi idoralarida, xususan Quvasoy shahrida hokim, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati, Farg‘ona viloyat tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi raisi, “COSCOM” O‘zbek–Amerika qo‘shma korxonasining vodiy bo‘yicha direktori, umrining so‘ngi yillarida esa O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg‘ona viloyati hududiy birlashmasi raisi lavozimlarida samarali mehnat faoliyatini olib bordi.
U oilada farzandlarga har ishda namuna, mehribon ota, o‘zi mehnat qilgan jamoalarda katta hurmat e’tibor qozongan, tashabbuskor, tadbirkor va uzoqni ko‘ra oluvchi rahbar, inson sifatida saxiy, jonkuyar, qo‘li ochiq, o‘zgalarning tashvishini birinchi o‘ringa qo‘yadigan shaxs edi. Qaerda ishlamasin o‘zidan yetuk, malakali shogirdlar qoldirdi.

Uning porloq xotirasi shogirdlari qalbida yashayveradi.

Hududiy birlashma va tuman (shahar) jamiyatlari mehnat jamoalari

Отправить комментарий