Iste’molchida qarzdorlik mavjud emasligi ma’lum bo‘ldi

Iste’molchida qarzdorlik mavjud emasligi ma’lum bo‘ldi

Toshloq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida tumanning «Suvboshi» mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi R.E.ning O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga qilgan murojaati ko‘rib chiqildi.

Murojaatida iste’molchi xonadoniga 2023 yilda ichimlik suv tarmog‘i torttirganligi va o‘sha vaqtda suv hisoblagich ham o‘rnatilganligini, lekin uning ma’lumotlari ichimlik suv ta’minoti korxonasi bazasiga o‘z vaqtida kiritilmagani sababli hozirga kelib 700 000 so‘m karzdorlik kelib chiqayotganligini aytib o‘tadi hamda holatni o‘rganib chiqib, qonuniy hal etilishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘raydi.

O‘rganish ishlari jarayonida, shuningdek ichimlik suv ta’minoti korxonasiga kiritilgan so‘rov xati asosida olingan ma’lumotlarga ko‘ra ma’lum bo‘lishicha, iste’molchi xonadoniga o‘rnatilgan suv hisoblagich o‘rnatilgan vaqtidan 2024 yil boshlargigacha Billing bazasiga ro‘yxatga kiritilmasdan qolganligi sababli, o‘sha davr uchun iste’molchiga me’yoriy hisob-kitob yuritilgan. Me’yoriy hisob-kitob davri, shuningdek hisoblagich bazaga ro‘yxatga olingan paytdan keyingi davr ichida iste’molchi tomonidan to‘langan barcha to‘lovlar uning shaxsiy hisob raqamiga kelib tushgan. Bugungi kun holatiga iste’molchida qarzdorlik emas, balki suv hisoblagichning 195 metr kub ko‘rsatkichigacha haqdorlik mavjud.

Husnidaxon Yakubova,
tuman jamiyati mutaxassisi.

Отправить комментарий