Aholi vakillarini sohaga oid qonunchilikdagi yangiliklardan xabardorligini oshirish yo‘nalishidagi tadbirlar o‘tkazilmoqda
Marg‘ilon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan jamiyatning 2025 yilga mo‘ljallangan asosiy faoliyat yo‘nalishlari rejasi asosida shahar hududidagi Federatsiya boshlang‘ich tashkilot (tayanch guruh)lari tashkillangan va tashkillanmagan korxona, tashkilot, idora va muassasalarda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik targ‘ibotiga bag‘ishlangan turli ko‘rinishdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazib bormoqdalar.
Marg‘ilon shahar 1-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotidagi Federatsiya tayanch guruhi a’zolari ishtirokida tashkillangan tadbir ham shunday tadbirlardan birib bo‘lib, uning asosiy maqsadi tashkilot xodimlarining huquqiy bilimi va iste’mol madaniyati oshirishdan iborat bo‘lib, ularning iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik sohasidagi so‘nggi yangiliklardan xabardorligini oshirishni ko‘zda tutdi.
Tadbir doirasida ta’lim muassasasi xodimlarining sohaga oid qonunchilikni yanada atkomillashtirish borasidagi fikr-mulohaza hamda takliflari tinglanib, ularning savollariga jamiyat mutaxassislari tomonidan javoblar qaytarildi.
Saidxon Xapizov,
shahar jamiyati mutaxassisi.
Отправить комментарий