Oltiariqda qonunchilik targ‘iboti tadbirlari o‘tkazib borilmoqda

Oltiariqda qonunchilik targ‘iboti tadbirlari o‘tkazib borilmoqda

Oltiariq tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari aholiga turli yo‘nalishlarda xizmatlarni ko‘rsatuvchi korxona, tashkilot, idora va muassasalarda bo‘lib, ushbu tashkilotlar xodimlariga iste’molchilarga xizmatlar ko‘rsatish jarayonida qonunchilik talablari ijrosini ta’minlash, qonunchilik bilan o‘zlariga yuklatilgan majburiyatlarni to‘laqonli ado etish borasida targ‘ibot va tushuntirish ishlarini olib boradilar. Azimobod oilaviy shifokorlik punktida tashkillangan targ‘ibot tadbiri ham shu kabi tadbirlardan biridir.

«Iste’molchilar huquqlari qonun himoyasida» deb nomlangan ushbu tadbirda amaldagi qonunchilik mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berish barobarida, kundalik turmush jarayonida tibbiy xodimlarning o‘zlari ham iste’molchi ekanligi, huquqlari buzilgan holatlarda davlat idoralari, shuningdek Federatsiyaga murojaat qilish yo‘l-yo‘riqlari yuzasidan tushuntirishlar berib o‘tildi.

O‘tkazilgan muloqot davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga ham mutaxassislardan javob oldilar. Tumanda targ‘ibot yo‘nalishidagi tadbirlar davom ettirilmoqda.

Отправить комментарий