Bankomatda yuzaga kelgan nosozlik iste’molchiga muammo keltirib chiqardi

Bankomatda yuzaga kelgan nosozlik iste’molchiga muammo keltirib chiqardi

O‘zbekiston tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida «Qulibek» mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi M.K.ning Yaypan shahridagi bankomatdan 1 200 000 so‘m pulni naqdlashtirish jarayonida duch kelgan muammosi yuzasidan qilgan murojaati o‘rganildi.

Iste’molchi murojaatida joriy yilning 27-aprel kunida tuman markazidagi «ASMO» savdo markazi yonida joylashgan bankomatdan pul naqdlashtirish jarayonida bankomat uskunasi uning bank kartasidan pulni yechib olgan bo‘lsada, qo‘liga naqd pul chiqarib bermaganligini, ushbu holat yuzasidan bank muassasiga murojaat qilganligi, lekin u tuman jamiyatiga ariza bilan murojaat qilgan 5-may kuniga qadar ham ushbu masala hal qilib berilmaganligini ma’lum qilib, muammoni bartaraf etilishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘raydi.

O‘rganishda mazkur bankomatga xizmat ko‘rsatuvchi bank muassasasiga aniqlik kiritib olingach, «InFinBank» AJ Qo‘qon filialiga so‘rov xati kiritilib, uning asosida olingan javob xatida yuzaga kelgan nosozlik bartaraf qilingani va pul mablag‘i to‘lig‘icha iste’molchining bank kartasiga qaytarilgani ma’lum qilindi.

Isomiddin Abbasov,
tuman jamiyati mutaxassisi.

(illyustrativ foto)

Отправить комментарий