Buyurtmadagi kamchiliklar bartaraf qilindi

Buyurtmadagi kamchiliklar bartaraf qilindi

Quvasoy shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida shaharning Soy-bo‘yi ko‘chasida istiqomat qiluvchi G.Sh.ning xonadoniga o‘rnatish uchun 12 000 000 so‘mga buyurtma qilingan darvozaning o‘lchami buyurtmadagi o‘lchamdan farq qilishi, natijada darvozani xonadonga o‘rnatishning imkoni bo‘lmayotganligi xususidagi murojaati o‘rganildi.

Iste’molchining so‘zlariga ko‘ra, buyurtmani ijrochisi Marg‘ilon shahrida faoliyat olib boruvchi tadbirkor bo‘lib, unga o‘rnatiladigan darvoza va uning o‘lchamlari taqdim qilingan. Lekin buyurtma tayyor bo‘lganida keltirilgan darvoza o‘lchamlarida farq chiqqan. Muammoni o‘z kuchi bilan bartaraf qila olmagan iste’molchi Quvasoy shahar ajmiyatiga bu borada amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab murojaat qilgan.

Murojaat o‘rganilishi davomida iste’molchi tomonidan keltirilgan vajlarga ishonch hosil qilish maqsadida joyiga borib holat bilan tanishildi. Shundan so‘ng buyurtma ijrochisi bilan bog‘lanilib, unga yuzaga kelgan holat bo‘yicha iste’molchi e’tirozlari va bu boradagi qonunchilik talablari tushuntirildi. Ijrochi tomoni qonunchilik talablarini to‘g‘ri anglab yetgani holda, buyurtmani tayyorlash jarayonida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni tuzatib, iste’molchi muammosini bartaraf qilib berdi.

Farxodjon Xaydarov,
shahar jamiyati raisi.

(illyustrativ foto)

Отправить комментарий