Dang‘arada targ‘ibot tadbirlari davom ettirilmoqda
Dang‘ara tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan hududdagi tibbiyot muassasalari ishchi xodimlari bilan yuzma-yuz muloqot tarzidagi tadbirlarini davom ettirmoqdalar. Bugun ushbu tadbirlar tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli 107-sonli oilaviy poliklinika xodimlari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
Muloqot doirasida ishtirokchilarga mamlakatimiz iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchiligi asoslari, iste’molchilarning asosiy huquq va majburiyatlari, iste’molchilik ijtimoiy harakatining vujudga kelishi va bugungi holati, Federatsiya va uning hududiy tashkilotlari faoliyati yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berib o‘tildi.
Tadbir davomida iste’mol sohasiga oid muammolar vujudga kelganda vakolatli idoralarga murojaat qilish yo‘l-yo‘riqlari bo‘yicha ham tushuntirishlar berib o‘tilib, ishtirokchilarning savollariga javoblar qaytarildi.
Raufjon Tuychiyev,
tuman jamiyati mutaxassisi.
Отправить комментарий