Servis xizmatlari ko‘rsatish jarayonidagi muammo bartaraf etildi

Servis xizmatlari ko‘rsatish jarayonidagi muammo bartaraf etildi

Qo‘qon shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida Buvayda tumani «Qo‘ng‘irot» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida istiqomat qiluvchi Sh.A.ning kafolat muddati bilan xarid qilingan Premier rusumli kondisionerga servis xizmatlari ko‘rsatish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar yuzasidan qilgan murojaati o‘rganildi.

Murojaatni o‘rganish jarayonida ma’lum bo‘lishicha, iste’molchi tomonidan Qo‘qon shahridagi Premier rusumli kondisionerlarga servis xizmatlari ko‘rsatuvchi ofisga qilingan murojaat qayd qilingan va maishiy texnika asosiy sxemasining kuyishi natijasida ishlamay qolganligi aniqlangan. Servis markazi tomonidan ushbu ehtiyot qismni yetkazib berilishi bo‘yicha asosiy ofisga berilgan buyurtmani yetib kelishi cho‘zilishi iste’molchiga servis xizmatlarini ko‘rsatish ishlarini ham cho‘zilishiga sabab bo‘lgan.

Murojaat o‘rganilishi jarayonida kondisionerning kuygan sxemasi asosiy ofisdan yetkazib berilgan ehtiyot qism bilan almashtirildi va maishiy texnika soz holatda iste’molchi xonadoniga olib borilib, o‘rnatib berildi.

Alisher Raximov,
shahar jamiyati mutaxassisi.

Отправить комментарий