Nosoz muzlatgich servis markazida bepul ta’mirlatib berildi

Nosoz muzlatgich servis markazida bepul ta’mirlatib berildi

Toshloq tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida «Xonariq» mahalla fuqarolar yiginilik A.R.ning 2 600 000 so‘mga xarid qilgan muzlatgichni nuqsonli chiqqanligi sababli uni servis markazi orqali bepul ta’mirlatish yoki buning imkoni bo‘lmagan taqdirda boshqasiga almashtirilishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab qilgan yozma murojaati o‘rganildi.

Murojaatchi 02.07.2025 yil kuni Marg‘ilon shahar «Ipakchi» buyum bozoridagi texnikalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkordan 2 600 000 so‘mga “Premier” rusumli muzlatgichni xarid qilib, undan foydalanish jarayonida muzlatgich yaxshi sovutmayotganini bilgach bu haqda savdo do‘koni mas’ullariga qilgan murojaati bo‘yicha ijobiy natijaga erisha olmagan va shundan so‘ng iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.

Murojaatni o‘rganish doirasida sotuvchiga amaldagi qonunchilik talablari, iste’molchi huquqlari, sotuvchi majburiyatlari bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi. Buning natijasida iste’molchining qonuniy talabi qondirilib, nuqsonli ekanligi da’vo qlingan muzlatgich servis markazida ta’mirlandi va iste’molchiga soz holatda topshirildi.

Husnidaxon Yakubova,
tuman jamiyati mutaxassisi.

(foto sun’iy intellekt yordamida tayyorlandi)

Отправить комментарий