Iste’molchining qonuniy talablarini bajarilmasligi shartnoma bekor qilinishiga sabab bo‘ldi

Iste’molchining qonuniy talablarini bajarilmasligi shartnoma bekor qilinishiga sabab bo‘ldi

Quva tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida tumanning «Begat» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi A.Z.ning shartnoma qiymati 7 356 000 so‘m bo‘lgan mobil qurilmani muddatli to‘lov shartlarida xarid qilganligi, lekin qurilmadan foydalanish jarayonida unda nuqsonlar aniqlangani va sotuvchi tomoni bilan nuqsonni bartaraf qilish bo‘yicha olib borilgan ishlar natija bermayotganligi, shu sababdan shartnomani bekor qilinishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab tuman jamiyati hamda prokuraturasiga kiritgan murojaati o‘rganildi.

Iste’molchining so‘zlariga o‘ra, Samsung A 56 rusumidagi mobil qurilma tumanda faoliyat olib borayotgan «Garant» savdo do‘konidan tegishli shartnoma asosida tovar qiymatini bir yil davomida bo‘lib to‘lash, bunda oylik 613 000 so‘mdan to‘lovlarni to‘lab borish shartlarida xarid qilingan. Telefondan foydalanishda nuqson aniqlangani masalasida sotuvchiga qilgan murojaati asosida do‘kon mas’ullari tomonidan telefonga servis xizmati ko‘rsatilgan bo‘lsada undagi nuqsonlar to‘liq bartaraf bo‘lmagan. Telefonni boshqa maqbul sifatdagisiga almashtirish bo‘yicha qo‘ygan talabi esa qanoatlantirilmagan.

«Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunning 16-moddasiga ko‘ra, agar sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) iste’molchining tovarni almashtirib berish yoki undagi nuqsonlarni bartaraf etish haqidagi talablarini bajarmagan bo‘lsa, iste’molchi tovarning xarid narxini nuqsonga mutanosib ravishda kamaytirish yoki shartnomani bekor qilinishini talab qilish huquqiga ega. Yuqoridagilardan kelib chiqilsa, iste’molchining o‘z murojaatida sotuvchi bilan tuzilgan shartnomani bekor qilinishini so‘rashi va tegishli hujjatlardan nusxalarni taqdim qilishi o‘rinli hisoblanadi.

Murojaat o‘rganilishi jarayonida sotuvchi tomoni mas’ullari bilan qonnchilikning yuqoridagi talablari asosida tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi. O‘rganish ishlari yakunlari bilan esa qonun talablarining ijrosi ta’minlanib, sotuvchi va iste’molchi o‘rtaisda tuzilgan shartnomani bekor qilinishiga erishildi.

Adxamjon Xamidov,
tuman jamiyati raisi.

(foto sun’iy intellekt vositasida tayyorlandi)

Отправить комментарий