Federatsiyaning joylardagi tayanch guruhlarida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda

Federatsiyaning joylardagi tayanch guruhlarida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining Farg‘ona viloyatidagi tuman (shahar) jamiyatlari tomonidan hududlaridagi korxona, tashkilot, idora va muassasalarda tashkil etilgan tayanch guruh (boshlang‘ich tashkilot)lar faollari bilan uchrashilib, amaldagi qonunchilik targ‘ibotini ko‘zda tutuvchi turli shakllardagi tadbirlar o‘tkazib borilmoqda.

Uchko‘prik tumani

Tumandagi «Navro‘z» oilaviy shifokorlik punkti tibbiyot xodimlari ishtirokida tashkillangan tadbir «Iste’molchilar huquqlari qonun himoyasida» deb nomlanib, uning doirasida amaldagi qonunchilik mazmun-mohiyati, qonunchilikdagi so‘nggi yangiliklar, Federatsiya va uning hududiy tashkilotlari tomonidan iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, ularning huquqiy bilim saviyasi va iste’mol madaniyatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar haqida atroflicha ma’lumotlar berib o‘tildi. Tadbir ishtirokchilarining kun tartibidagi masalalar yuzasidan fikr va mulohazalari hamda takliflari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.

Toshloq tumani

Tumandagi 7-maktabgacha ta’lim tashkilotida «Iste’mol madaniyatini oshirish yo‘lida» mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkillanib, unda Federatsiya boshlang‘ich tashkiloti faollariga iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik ijrosini ta’minlashda davlat va jamoat tashkilotlari o‘rtasida olib boriladigan ijtimoiy sheriklik va hamkorlikning o‘rni va ahamiyati, qonunchilik ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini olib borish, shuningdek tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan bu borada olib borilayotgan ishlar xususida atroflicha ma’lumotlar berib o‘tildi.

Отправить комментарий