Bag‘dod tumanida targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda

Bag‘dod tumanida targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda

Bag‘dod tumanida Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan belgilangan reja asosida hududdagi tibbiyot tashkilotlari xodimlari bilan uchrashib, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik targ‘iboti, ularning huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish bo‘yicha tasdiqlangan reja asosida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib borilmoqda. Tumandagi 8-oilaviy poliklinikada o‘tkazilgan tadbir ham shular jumlasidandir.

Poliklinkaning tibbiyot xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan mazkur tadbir doirasida qonun targ‘iboti bilan bir qatorda, mamlakatimizda iste’molchilik ijtimoiy harakati faoliyati, iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning iste’molchilik sohasiga oid huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan ham axborotlar berib o‘tilib, ishtirokchilarga iste’molchi sifatida huquqlari buzilgan holatlarda davlat idoralari, shuningdek Federatsiyaga murojaat qilish yo‘l-yo‘riqlari yuzasidan ham tushuntirishlar berib o‘tildi.

O‘tkazilgan muloqot davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldilar. Tuman jamiyati bu boradagi targ‘ibot tadbirlarini davom ettirmoqda.

Dilorom Mirzayeva,
tuman jamiyati mutaxassisi.

Отправить комментарий