Ta’lim sohasi tashkilotlarida targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tdi
Federatsiyaning Farg‘ona viloyatidagi tuzilmalari tomonidan ijtimoiy soha tashkilotlari, xususan ta’lim sohasida faoliyat olib borayotgan xodimlar, mazkur tashkilotlarda ta’lim olayotgan yoshlar bilan yuzma-yuz muloqotlar o‘tkazib borilmoqda. Ulardan ko‘zlangan asosiy maqsad amaldagi qonunchilik bilan iste’molchilarga yaratib berilgan huquq va imkoniyatlardan o‘rinli va samarali foydalanishni keng targ‘ib qilishdan iboratdir.
Bag‘dod tumani
Bag‘dod tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutasaddilari tashabbusi bilan tumandagi 15-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari ishtirokida ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda asosiy e’tibor amaldagi qonunchilik targ‘ibotiga qaratildi.
Tadbirda, xususan, mamlakatimizda iste’molchilik ijtimoiy harakati faoliyati, iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning iste’molchilik sohasiga oid huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan axborotlar berib o‘tilib, iste’molchi sifatida huquqlari buzilgan holatlarda davlat idoralari, shuningdek Federatsiyaga murojaat qilish yo‘l-yo‘riqlari yuzasidan ham tushuntirishlar berib o‘tildi.
Tadbir doirasida Federatsiya va ta’lim sohasi tashkilotlari o‘rtasida ijtimoiy sheriklik hamda hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yilganligiga alohida urg‘u berib o‘tilib, ta’lim sohasi xodimlarini Federatsiya faoliyatida yanada faol ishtirok etishga chaqirildi.
Toshloq tumani
Tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas’ullari tashabbusi bilan 3-umumta’lim maktabining yuqori sinf o‘quvchilari ishtirokida «Men yosh iste’molchiman» mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. Unda yosh iste’molchilarga amaldagi iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik asoslari, qonun ijrosini ta’minlash yo‘nalishida vakolatga ega bo‘lgan dalvat boshqaruvi idoralari, iste’molchilarning jamoat birlashmalari, ular tomonidan iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, ularning huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan axborotlar berib o‘tildi.
Tadbir doirasida maktab o‘quvchilarining iste’mol sohasiga oid hayotiy misollar, fikr-mulohazalari hamda savollari tinglanib, mutaxassislar tomonidan tegishli izox va tushuntirishlar berib o‘tildi.
Отправить комментарий