Maktabgacha ta’lim tashkilotida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi
Qo‘shtepa tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tashabbusi bilan tumandagi 8-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari ishtirokida ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda asosiy e’tibor amaldagi qonunchilik targ‘ibotiga qaratildi.
Tadbirda mamlakatimizda iste’molchilik ijtimoiy harakati faoliyati, iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning iste’molchilik sohasiga oid huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan axborotlar berib o‘tilib, iste’molchi sifatida huquqlari buzilgan holatlarda davlat idoralari, shuningdek Federatsiyaga murojaat qilish yo‘l-yo‘riqlari yuzasidan ham tushuntirishlar berib o‘tildi.
Tadbir doirasida Federatsiya va ta’lim sohasi tashkilotlari o‘rtasida ijtimoiy sheriklik hamda hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yilganligiga alohida urg‘u berib o‘tilib, ta’lim sohasi xodimlarini Federatsiya faoliyatida yanada faol ishtirok etishga chaqirildi.
Отправить комментарий