Bir qator ta’lim muassasalarida targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tdi

Bir qator ta’lim muassasalarida targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tdi

Federatsiyaning viloyatdagi tayanch guruhlari a’zolari, shuningdek aholi keng qatlami vakillarining iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik asoslaridan, shuningdek sohaga oid so‘ngi yangiliklardan xabardorligini ta’minlash maqsadida turli shakllardagi targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.

Beshariq tumani

Tumandagi 54-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida o‘tkazilgan «Iste’molchi huquqlari qonun himoyasida» mavzusidagi targ‘ibot tadbirida qonunchilik asoslari, unda belgilangan huquqlardan o‘rinli va samarali foydalanish, ushbu jarayonda Federatsiya va uning hududiy tuzilmalarining o‘rni va roli kabi masalalarda tushuntirishlar berib o‘tildi. Tadbir yakuni bilan ta’lim muassasasida Federatsiyaning boshlang‘ich tashkiloti faoliyatini yo‘lga qo‘yish taklifi o‘rtaga tashlanib, jamoa tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Toshloq tumani

Tumandagi 27-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari ishtirokida «Huquqiy bilim bilan huquqiy madaniyat sari» mavzusida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda ta’lim tashkiloti xodimlariga qonunchilikdagi so‘nggi yangiliklar, qonun ijrosini ta’minlash ishida Federatsiya va uning hududiy tuzilmalari tomonidan olib borilayotgan ishlar yuzasidan axborotlar berib o‘tildi.

Yozyovon tumani

Hududdagi 10, 28, 31-umumta’lim maktablarida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik asoslarini targ‘ibot qilish yo‘nalishida o‘quv seminar va davra suhbatlari shaklidagi tadbirlar tashkillandi. Tadbirlar doirasida asosiy e’tibor sohaga oid qonunchilik ijrosini ta’minlash, uning ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini olib borishda ta’lim muassasalari va Federatsiya tizim tashkilotlari o‘rtasida yaqindan ijtimoiy sheriklik hamda hamkorlik aloqalarini olib borish masalalariga qaratildi.

Отправить комментарий