Nizoli masala iste’molchi foydasiga hal bo‘ldi

Nizoli masala iste’molchi foydasiga hal bo‘ldi

Amaldagi qonunchilikkka ko‘ra, ijrochi shartnomada belgilangan muddatda, hajmda va sifatda ishni bajarishi (xizmat ko‘rsatishi) shart bo‘lib, agar ijrochi shartnomani ijro etishga o‘z vaqtida kirishmasa yoki shartnomaning belgilangan muddatda bajarilmasligi ayon bo‘lib qolsa, iste’molchi ishni bajarish, xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomadan voz kechishga va yetkazilgan zararning qoplanishini talab qilishga haqlidir. Rishton tumanida ham xuddi shunga o‘xshash holatlardan biri sodir bo‘lgan.

Tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga «Yoshlik» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi D.T. tomonidan qilingan murojaatda u xonadoniga tunukafon o‘rnatish maqsadida ustalarga buyurtma bergani hamda oldindan 18 000 000 so‘m to‘lovni ham amalga oshirgani, buyurtma 6 kun ichida tayyor bo‘lishi va’da qilingan bo‘lsada, belgilangan muddat ichida bajarilmagani, oradan 11 kun o‘tib tayyorlab kelingan buyum o‘zi buyurtma qilgan rang va sifatdagisidan farq qilishini bayon qilib, shartnoma bekor qilinib, pullari qaytarilishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘ragan.

Tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan ijrochi tomoniga amaldagi qonunchilik talablari, ushbu talablarni bajarmaslik natijasida kelib chiquvchi huquqiy oqibatlar tushuntirilishi bilan nizoli masalani iste’molchi foydasiga hal etilishi hamda oldindan to‘langan pul summasini to‘lig‘icha unga qaytarib berilishiga erishildi.

Xusniddin Latipov,
jamiyat mutaxassisi.

Отправить комментарий