Iste’molchi murojaati asosida o‘rganishlar o‘tkazildi
Farg‘ona tumani «Bahor» mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi N.E. ning xonadonda elektr energiyasi uchun to‘langan pul summasi nihoyasiga yetib, tarmoqdan avtomatik uzib qo‘yilgandan so‘ng yangitdan to‘lov amalga oshirilganda elektr tarmog‘iga qaytadan ulanish uzoq vaqt olayotganligi, ayrim holatlarda bunga 24 soatgacha vaqt ketayotganligi to‘g‘risida Federatsiyaning telegram boti orqali yuborilgan murojaati o‘rganildi.
Murojaatni hududiy tegishliligi bo‘yicha Farg‘ona tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan tuman elektr ta’minoti korxonasi mutaxassislari bilan hamkorlikda o‘rganish jarayonida elektr energiyasi bo‘yicha to‘lovlar ko‘rib chiqilib, xonadondagi mavjud elektr hisoblagich uskunasi texnik ko‘rikdan o‘tkazildi hamda bu borada yuzaga kelayotgan muammolar bartaraf etildi.
Abror Isaqov,
jamiyat mutaxassisi.



Отправить комментарий