Iste’molchini qiynab turgan muammo ijobiy yechim topdi

Iste’molchini qiynab turgan muammo ijobiy yechim topdi

Qo‘shtepa tumanida yashovchi M.S. farzandi haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirilishida yuzaga kelayotgan tushunmovchilik yuzasidan tuman jamiyatimizga og‘zaki murojaat qilgandi. Murojaat o‘rganilishi jarayonida esa muammo bartaraf qilinib, iste’molchining huquqlari tiklab berildi.

O‘rganishda ma’lum bo‘lishicha, «Farg`ona avto innovatsion» maktabida ta’lim olgan murojaat egasining farzandi M.M.ning hujjatlarini rasmiylashtirishda maktab va yo‘l harakati xavfsizligi idorasi o‘rtasida tushunmovchilik yuzaga kelgan. Murojaat o‘rganilishi davomida ushbu holatni bartaraf qilinishiga va iste’molchini qiynab turgan muammoni ijobiy yechim topishiga erishildi hamda iste’molchi murojaati to‘liq qanoatlantirildi.

Fursatdan foydalanib, aholi vakillarimizni iste’mol sohasiga oid muammolarga duch kelinganda O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va uning hududiy tashkilotlariga murojaat qilib, huquqiy va amaliy yordamlarni olish imkoniyatidan samarali foydalanishga chaqirib qolamiz.

Zafarjon Mavlonov,
jamiyat mutaxassisi.

Отправить комментарий