Ko‘p qavatli uyning tomiga chiqish qismidagi muammoli holat bartaraf qilindi
Farg‘ona shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga shaharning A.Qodiriy dahasida istiqomat qiluvchi R.L. yozma murojaat qilib, o‘zi yashaydigan ko‘p qavatli uyning tom qismidagi chiqish eshigi (lyuk) uzoq vaqtlardan buyon ta’mirlanmasdan ochiq holda yotganligi sababli yog‘in-sochinli vaqtlarda u yerdan suv o‘tishi hamda u yashaydigan xonadonga ham zarar yetkazayotganligi haqida o‘zlari yashaydigan uylarga xizmat ko‘rsatuvchi shirkatga bir necha murojaat qilgan bo‘lsada, bu ishlar nihoyasiga yetkazilmasdan kelayotganligi, kamiga xizmat ko‘rsatilmasada shirkatdan majburiy badal to‘lovlari bo‘yicha 1 399 222 so‘m qarzdorligi mavjudligi haqida ogohlantirish xati olganligini, da’vo qilinayotgan qarzdorlik summasini yuqoridagi ish to‘liq nihoyasiga yetkazilgan taqdirda tezkorlik bilan so‘ndirishga tayyorligini ma’lum qilib, ushbu masalani o‘rganib chiqilishini so‘ragan.
Murojaat shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan ko‘rib chiqilishi jarayonida xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot «Kommunal qurilish ta’mir» MChJga aloqa xati chiqarilib, o‘rganish ishlari davom ettirildi. O‘rganishda iste’molchi murojaatida keltirilgan vajlarning asosli ekanligi tasdig‘ini topgach, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot tomonidan ko‘p qavatli uyning ko‘rsatilgan qismidagi tomga chiqish eshigi ta’mirlanib, soz holatga keltirildi hamda iste’molchi muammosi hal etib berildi. Iste’molchiga xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati a’zolarining majburiy badal to‘lovlari hamda ushbu to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik summasini tezkorlikda bartaraf etishi yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Mansurjon Toshkanov,
jamiyat mutaxassisi.



Отправить комментарий