Hududiy birlashma Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Federatsiya Kengashining so‘nggi majlisida ko‘rib chiqilgan masalalar, qabul qilingan qarorlar hamda ularni ijrosini ta’minlash yo‘nalishida olib borilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan axborot, hududiy birlashma va tuman (shahar) jamiyatlari ijro apparatlarining 2025 yil faoliyat yakunlari bo‘yicha hisobotlar tinglandi.

Ta’kidlandiki:
— hisobot davrida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi amaldagi qonun va qonunosti me’yoriy hujjatlarini keng targ‘ib qilish maqsadida 500 dan ortiq ma’rifiy tadbirlar, amalga oshirilayotgan ishlar, sohaga oid yangiliklardan aholi xabardorligini hamda huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida 2000 dan ortiq chiqishlar tashkillandi, shuningdek 12 ta brifing, ochiq muloqot va press-tur shaklidagi media-tadbirlar o‘tkazildi.
— tizim tashkilotlariga turli manbaalar oqrali kelib tushgan 913 ta murojaatlarni o‘rganish natijalari bilan iste’molchilar foydasiga jami 1 mlrd 911 mln 279 ming 860 so‘m mablag‘larni qayta hisob-kitob qilinishiga erishildi. Shularning 433 mln 804 ming 379 so‘mi sud idoralariga kiritilgan 24 ta da’vo arizalarini ko‘rib chiqilishi natijalari bilan iste’molchilar foydasiga undirilgan moddiy va ma’naviy zararlarni tashkil qildi. “Iste’molchi bilan muloqot” huquqiy maslahatxonalari orqali 700 nafar fuqarolarga bepul huquqiy maslahatlar berilib, amaliy yordamlar ko‘rsatildi.
— hisobot davrida ichki bozorda sotilayotgan iste’mol tovarlarining zarur sifatini va xavfsizligini, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining boshqa talablarini ta’minlanishi yuzasidan savdo, ta’lim, sog‘liqni saqlash, uy-joy, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish, aholini yoqilg‘i energetika resurslari bilan ta’minlash, transport, aloqa va boshqa shu kabi sohalar bo‘yicha 17 ta monitoring kuzatuvlari o‘tkazildi.

Yig‘ilish doirasida amaldagi Ustav, Memorandumlar, hamkorlikdagi dasturlar hamda «Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili»da amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berib o‘tilib, Kengash ish rejasi hamda tuman (shahar) jamiyatlari ijro apparatlarining joriy yil asosiy faoliyat yo‘nalishlari rejalari tasdiqlandi. O‘tgan yilda faoliyatda qator yutuqlarni qo‘lga kiritgan tuman (shahar) jamiyatlari rahbarlariga Federatsiya raisining minnatdorchilik xatlari topshirildi. Shuningdek hududiy birlashma faoliyatiga oid boshqa tashkiliy va joriy masalalar ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.



Отправить комментарий