Tibbiyot muassasasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Uchko‘prik tumanidagi 90-sonli oilaviy poliklinika tibbiyot xodimlari ishtirokida «Iste’molchilar huquqlari — qonun himoyasida» mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Unda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik asoslari, Federatsiya va uning quyi tuzilmalari tomonidan qonunchilik mazmun-mohiyatini aholining keng qatlamlariga yetkazish, ular bilan doimiy aloqani yo‘lga qo‘yish, ularning murojaatlari bilan ishlash borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berib o‘tildi.
Shuning bilan birgalikda, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik ijrosini ta’minlashda “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonunning tutgan o‘rni va ahamiyati, tibbiyot muassasalari va Federatsiya tashkilotlari o‘rtasida olib boriladigan ijtimoiy sheriklik hamda hamkorlikning tibbiyot xodimlari uchun yaratib beradigan imkoniyatlari haqida so‘z borib, jamoa azolarining ushbu yo‘nalishdagi fikr-mulohaza hamda takliflari tinglandi.



Отправить комментарий