Fuqaro o‘ziga belgilangan soliq imtiyozlaridan foydalanishida amaliy yordam ko‘rsatildi
Ma’lumki, Soliq kodeksiga asosan ta’lim kontrakti to‘lovini ish haqi yoki boshqa daromadlardan amalga oshirgan shaxs soliq imtiyozlariga ega bo‘lishi belgilangan. Bunda fuqarolarning OTMlarda ta’lim olish uchun ajratilgan daromadlari soliqqa tortilmaydi. Imtiyozdan farzandlari shartnoma asosida o‘qiydigan ota-onalar, turmush o‘rtoqlari shartnoma asosida o‘qiydigan shaxslar, rasman ishlayotgan talabalar foydalanishlari mumkin. Lekin ushbu imtiyoz va undan foydalanish yo‘l-yo‘riqlarini barcha fuqarolar bilmasligi mumkin.
Uchko‘prik tumanilik S.A.ning farzandi J.S. kontrakt to‘lovlari uchun to‘lagan pul summasi uchun daromad solig‘i bo‘yicha belgilangan imtiyozlardan foydalanishi va imtiyozlar doirasida belgilangan pul summasini qaytarib olishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga qilgan murojaati o‘rganildi. Iste’molchi murojaatida 2024 yilning sentyabr, 2025 yilning oktyabr va dekabr oylarida farzandi ta’lim kontrakti to‘lovlarini amalga oshirganligini ma’lum qiladi.
O‘rganish ishlari doirasida fuqaro tomonidan amalga oshirilgan to‘lovlar Asakabank AJ Qo‘qon filialidan olingan ma’lumot asosida tasdiqlanib, O‘zbekiston Respublikasi Soliq xizmati organlarining «Elektron soliq xizmatlari» portaliga beliglangan tartibda kiritilishiga hamda imtiyozlar asosida hisoblangan 714 000 so‘m pul mablag‘ini fuqaro S.A.ning bank kartasiga qaytarilishiga erishildi.
Sardor Mirzajonov,
jamiyat raisi.



Отправить комментарий