Texnika universiteti talabalari ishtirokida iste’molchi huquqlari sohasiga oid masalalarda ochiq muloqot tadbiri bo‘lib o‘tdi

Texnika universiteti talabalari ishtirokida iste’molchi huquqlari sohasiga oid masalalarda ochiq muloqot tadbiri bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi tashabbusi bilan, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi hamda O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assosiasiyasi Farg‘ona viloyat hududiy bo‘linmasi hamkorligida, Farg‘ona davlat texnika universitetida talabalar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 13 fevraldagi 75-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarni) ishlab chiqarish va sotish qoidalari” mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan targ‘ibot seminari bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda hududiy birlashma mas’ul xodimi G‘ayrat Mamatkulov hamda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi viloyat hududiy boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Umidjon Abdullaevlar mavzuga oid masalalar yuzasidan tushuntirishlar berib o‘tdilar.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlarni iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, umumiy ovqatlanish sohasidagi me’yoriy talablar, sanitariya qoidalari, mahsulot sifati, xizmat ko‘rsatish madaniyati va tadbirkorlik mas’uliyati haqida xabardorligini oshirishdan iborat bo‘ldi.

Seminar davomida mutaxassislar tomonidan:

— umumiy ovqatlanish korxonalarida mahsulot ishlab chiqarish va sotish tartibi;
— iste’molchilarga to‘liq va ishonchli axborot berish majburiyati;
— mahsulot xavfsizligi va sifatini ta’minlash talablari;
— xizmat ko‘rsatishda qonunchilikka rioya etishning ahamiyati;
— iste’molchilar huquqlari buzilganda murojaat qilish mexanizmlari kabi masalalar batafsil tushuntirildi.

Talabalar seminarda faol ishtirok etib, ovqatlanish sohasidagi amaliyot, tadbirkorlik faoliyatida qonunlarga amal qilish, hamda kelajakdagi kasbiy faoliyatda mazkur qoidalarning o‘rni yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Mazkur tadbir yoshlarda huquqiy madaniyatni yuksaltirish, sifatli va xavfsiz xizmat ko‘rsatish tamoyillarini targ‘ib qilish hamda iste’molchilar manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi.

Hududiy birlashma tomonidan sohaga daxldor idoralar hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda bu kabi ma’rifiy tadbirlarni muntazam davom ettirish rejalashtirilgan.

Отправить комментарий