Hududiy birlashma raisi Toshloq tumanida tizim faollari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

Hududiy birlashma raisi Toshloq tumanida tizim faollari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

Mamlakatimizda 2026-yilni — “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb e’lon qilinishi munosabati bilan mazkur yil doirasida hududiy birlashma raisi tomonidan hududdagi tuman (shahar)larda tizim xodimlari hamda aholi vakillari bilan ochiq muloqot hamda yuzma-yuz uchrashuvlar o‘tkazilishi belgilanib, hududiy birlashmaning joriy yil asosiy faoliyat yo‘nalishlari rejasiga kiritilgan.

Shuningdek, rejaga ko‘ra tuman (shahar) jamiyatlari raislari o‘z hududidagi mahallalarda kamida bir martadan iste’molchilar bilan uchrashuvlar tashkil etib:

fuqarolarning muammo va takliflarini tinglaydi;

iste’molchilardan kelib tushgan murojaatlarni qabul qiladi;

murojaatlar yuzasidan belgilangan tartibda choralar ko‘rishni ta’minlaydi.

Shu nuqtai nazardan bugun hududiy birlashma raisi Axrorjon Raxmonaliev Toshloq tumanida bo‘lib, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari, jamiyatning faol tayanch guruhlari rahbarlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Unda davlat dasturi ijrosida faol ishtirok etish, bunda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan faol ishlash, bu bilan aholi vakillarining iste’mol sohasiga oid muammolarini samarali hal etish

Shu kuni hududiy birlashma raisi O‘zbekiston mahallalar uyushmasi Toshloq tuman bo‘limi rahbari Vaxobjon Sodiqov bilan “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” doirasida tizim tashkilotlari o‘rtasida yaqindan ijtimoiy sheriklik hamda hamkorlik olib borish masalalarini muhokama qildi. Tomonlar bu borada olib boriladigan tashkiliy ishlar va ularni amalga oshirish mexanizmlari yuzasidan o‘zaro fikr va mulohazalarni almashdilar.

Tadbir doirasida tizim faollariga hududiy birlashmaning esdalik sovg‘alari topshirildi.

Отправить комментарий