Marg‘ilon shahri va Quva tumanida arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari faoliyat olib bormoqda

Marg‘ilon shahri va Quva tumanida arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari faoliyat olib bormoqda

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va uning tuzilmalari mas’ul xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 13 fevral kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda mehr-muruvvat, ahillik va shukronalik oyi bo‘lgan Ramazon oyida ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlash hamda dehqon bozorlari va yirik savdo majmualarida hamyonbop oziq-ovqat tovarlari bilan ta’minlangan yarmarkalar tashkil etish bo‘yicha bergan topshirig‘i asosida hududlarda tashkillangan Arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari faoliyati bilan tanishib, kunlik o‘rganishlar o‘tkazib borilmoqda.

Ushbu topshiriqlar asosida Federatsiya xodimlari Marg‘ilon shahri Markaziy dehqon bozorida tashkillangan arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi faoliyatini kuzatib borgan holda, kunlik ma’lumotlarni yuqori turuvchi idoralarga taqdim qilib borilmoqda.

Shuningdek, Quva tumani Markaziy dehqon bozori qoshida tashkillangan savdo yarmarkasi faoliyati yuzasidan ham kunlik o‘rganishlar o‘tkazib borilib, narx-navo barqarorligini ta’minlash, savdo jarayonlarida amaldagi qonunchilik talablari ijrosini ta’minlash yuzasidan tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

O‘rganishlarlardan ko‘zlangan asosiy maqsad, Hukumatimizning narx-navo barqarorligini ta’minlashdek xayrli ishiga ko‘maklashish, yarmarkalarda realizasiya qilinayotgan oziq-ovqat tovarlarining tegishli sifatda bo‘lishi, savdo jarayonlarida amaldagi qonunchilik talablariga so‘zsiz amal qilinishi holatlari ustidan jamoatchilik nazorati, qonunchilik talablari yuzasidan yarmarkalar sotuvchi va mas’ullariga tushuntirish va targ‘ibot ishlarini olib borishdan iboratdir.

Отправить комментарий