Federatsiya xodimlari Qo‘mita tashabbusi bilan o‘tkazilgan nazorat xaridi tadbirlarida ishtirok etdi

Federatsiya xodimlari Qo‘mita tashabbusi bilan o‘tkazilgan nazorat xaridi tadbirlarida ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi taklifi asosida Federatsiyaning Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi vakolatli xodimlari avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari orqali iste’molchilarga realizasiya qilinayotgan AI-92 va AI-95 markali benzinlardan tahlillar uchun namunalar olish bo‘yicha nazorat xaridi tadbirlarida ishtirok etdilar.

Raqobat boshqarmasi ish rejasi asosida o‘tkazilgan mazkur tadbirda, tanlama asosda, Farg‘ona shahri hududida faoliyat olib borayotgan bir qator yoqilg‘i quyish shoxobchalaridan, belgilangan tartibda, yuqorida nomlari keltirib o‘tilgan markadagi benzinlardan namunalar olindi hamda olingan mahsulotlar tegishli tartibda dalolatnoma asosida rasmiylashtirilib, sinov laboratoriyasiga topshirildi.

Ma’lumot uchun:

Nazorat xaridi — chakana savdo ob’ektlarida vakolatli davlat organlari xodimlari tomonidan ekspertiza o‘tkazish va mahsulotning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiqligini testdan o‘tkazish maqsadida amalga oshiriladigan tadbirlar majmuidir.

Отправить комментарий