Ish sudgacha hal bo‘lgani sabab da’vo arizasi qaytarib olindi
Marg‘ilon shahrida yashovchi S.L. Toshloq tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilib, tuman hududida faoliyat olib borayotgan tadbirkor bilan muddatli to‘lov shartlarida tuzilgan shartnomaga asosan xarid qilingan yotoqxona mebeli jamlamasi ayrim nuqsonlar bilan yetkazib berilgani. xususan mebel rasmda ko‘rib tanlanganidan farq qilishi, shifonerining oynasida darz ketish, ichki qismlarida esa shilingan joylari mavjudligi, shu sababdan mebelni sotuvchiga qaytarish va shartnomani bekor qilinishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘ragandi.
Murojaatni amaldagi tartib qoidalar asosida o‘rganilishi davomida sotuvchi tomoniga qonun talablari yuzasidan olib borilgan tushuntirish ishlari bilan muammoni hal qilish va tomonlarni kelishuvga erishtirishning imkoni bo‘lmagani sababli murojaatni o‘rganish davomida to‘plangan hujjatlar asosida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Marg‘ilon tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritilgandi. Lekin ish sudda ko‘rilgunga qadar javobgar tomoni kelishuv taklif qilgani, kelishuv shartlari da’vogar tomonini ham qoniqtirishidan kelib chiqib, tuman jamiyati sudga da’voni ko‘rmasdan qoldirish bo‘yicha ariza kiritdi.
Kelishuvga asosan iste’molchi S.L. va sotuvchi o‘rtasida qiymati 6 300 000 so‘m bo‘lgan yotoqxona mebeli xaridi shartnomasi bekor qilinib, mebel jamlamasi sotuvchiga qaytarildi hamda iste’molchini bir necha oydan buyon qiynab kelayotgan muammo bartaraf qilindi.
Shoxista Rahimova,
jamiyat mutaxassisi.



Отправить комментарий