Eksklav hududdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tdi

Eksklav hududdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tdi

Federatsiyaning Farg‘ona tuman jamiyati mutaxassislari O‘zbekiston Respublikasining eksklav hududi bo‘lgan Shohimardonda bo‘lib, u yerdagi 5 va 6-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari ishchi xodimlari ishtirokida iste’molchilik sohasiga oid qonunlar targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbirlarni o‘tkazdilar.

Tadbirlar davomida ishtirokchilarga iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik asoslari, iste’molchining huquq va majburiyatlari, iste’mol sohasiga oid huquqlari buzilgan taqdirda o‘z huquqlarini mustaqil, davlat va jamoat tashkilotlari yordamida himoya qilish yo‘l-yo‘riqlari, sohaga daxldor idoralarga yozma, og‘zaki va elektron shakllarda murojaat qilish tartiblari tushuntirib o‘tilib, Federatsiya va uning hududiy tuzilmalari tomonidan iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, ularning huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan axborotlar berib o‘tildi.

Tadbirlar doirasida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni hayotga keng joriy qilishda davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligiga alohida e’tibor qaratib o‘tilib, bu borada Federatsiya tashkilotlari bilan yaqindan ijtimoiy sheriklik va hamkorlik olib borishga chaqirildi.

Отправить комментарий