“Sirli mijoz” tadbiri yakunlari muhokama qilindi
Farg‘ona viloyatida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, ochiqligi hamda iste’molchilar huquqlarini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar izchil davom etmoqda. Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 22 oktyabrdagi 667-sonli qarori talablari asosida Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish viloyat hududiy boshqarmasi, viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamda Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari viloyat hududiy birlashmasi hamkorligida Marg‘ilon shahar tumanlararo perinatal markazi hamda Farg‘ona shahar tibbiyot birlashmasi tug‘ruq bo‘limida “Sirli mijoz” tadbiri o‘tkazilgandi.
Bugun Farg‘ona shahar tibbiyot birlashmasida “Sirli mijoz” tadbiri yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda shifokorlar va mas’ul xodimlar ishtirokida o‘rganish natijalari atroflicha muhokama qilindi. Yig‘ilishda mutaxassislar tomonidan tibbiy xizmatlarni ko‘rsatishda qonunchilik talablariga so‘zsiz amal qilish, barcha to‘lovlarni faqat rasmiy tartibda amalga oshirish, bemorlar bilan muloqot madaniyatini yuksaltirish, kasbiy etika va deontologiya qoidalariga qat’iy rioya etish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, tibbiyot xodimlari o‘rtasida profilaktik tushuntirish ishlarini kuchaytirish, korrupsiyaviy xavflarning oldini olish, har bir murojaatchiga amaldagi tartiblar bo‘yicha aniq va to‘liq ma’lumot berish, xizmat ko‘rsatish jarayonining shaffofligini ta’minlash hamda xodimlarning shaxsiy mas’uliyatini yanada oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
Vazirlar Mahkamasining 667-sonli qarorida belgilanganidek, “Sirli mijoz” tadbirlari tibbiyot muassasalarida xizmat ko‘rsatish sifati va shaffofligini oshirish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hamda ehtimoliy qonunbuzilishlarning oldini olishga xizmat qiladi. Bu kabi muhokamalar esa tibbiyot muassasalarida mas’uliyatni kuchaytirish, aholiga sifatli va ishonchli tibbiy xizmat ko‘rsatishni yanada takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.



Отправить комментарий