“Yuksak iste’mol madaniyati sari” – tibbiyot xodimlari bilan muloqot

“Yuksak iste’mol madaniyati sari” – tibbiyot xodimlari bilan muloqot

Furqat tuman tez tibbiy yordam markazida tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tashabbusi bilan “Yuksak iste’mol madaniyati sari” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad tibbiyot sohasida iste’molchilarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash masalalariga e’tiborni kuchaytirish, shuningdek, xizmat ko‘rsatish madaniyatini yanada yuksaltirishdan iborat bo‘ldi.

Uchrashuv davomida tibbiyot muassasasi xodimlariga iste’molchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlari, aholiga sifatli va xavfsiz xizmat ko‘rsatishning ahamiyati, xizmat ko‘rsatish jarayonida ochiqlik va mas’uliyat tamoyillariga amal qilish xususida tushunchalar berildi.

Shuningdek, tibbiy xizmatlardan foydalanish jarayonida fuqarolarning huquqlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, ularning murojaatlari, taklif va e’tirozlarini o‘z vaqtida o‘rganish hamda mavjud muammolarga yechim topish muhim ekani alohida ta’kidlandi. Ishtirokchilarga xizmat ko‘rsatish sifati va madaniyatini oshirish, aholi bilan samarali muloqot o‘rnatish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Tadbir savol-javob va o‘zaro fikr almashish ruhida o‘tdi. Tibbiyot xodimlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi.

Yuksak iste’mol madaniyati – bu faqat iste’molchining o‘z huquqlarini bilishi emas, balki xizmat ko‘rsatuvchi tomonning ham o‘z mas’uliyatini chuqur anglashi demakdir. Shu ma’noda, bunday targ‘ibot tadbirlari aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va iste’molchilar huquqlari himoyasini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Отправить комментарий