Beshariq tumanida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasidagi faoliyat yakunlari muhokama qilindi

Beshariq tumanida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasidagi faoliyat yakunlari muhokama qilindi

Beshariq tumanida Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati hamda tayanch guruhlari faollarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda tuman jamiyatining 2021–2025 yillardagi faoliyati yakunlari muhokama qilinib, hisobot davrida amalga oshirilgan ishlar, iste’molchilar murojaatlari bilan ishlash, aholi o‘rtasida huquqiy tushuntirish ishlarini tashkil etish hamda fuqarolarning iste’molchilik huquqlarini himoya qilish borasidagi vazifalar yuzasidan hisobot berildi.

Tadbir davomida iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda jamoatchilik ishtirokining ahamiyati, tayanch guruhlari faoliyatini yanada kuchaytirish hamda aholiga huquqiy ko‘mak ko‘rsatish masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, tumanda iste’molchilik ijtimoiy harakati faoliyatini keng yo‘lga qo‘yishda faol ishtirok etib kelayotgan tayanch guruhlari vakillarini taqdirlash marosimi ham o‘tkazildi. Unda jamoatchilik asosida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, aholi huquqiy madaniyatini yuksaltirish va iste’molchilik sohasidagi ijtimoiy faollikni oshirishga munosib hissa qo‘shayotgan faollarga minnatdorlik bildirildi.

Yig‘ilish yakunida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tizimidagi ishlarni izchil davom ettirish, tayanch guruhlari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash va aholi murojaatlariga samarali yechim topishga qaratilgan vazifalar belgilab olindi.

Отправить комментарий