Rishton tumanida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi ishlar muhokama qilindi
Rishton tumanida Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati hamda tayanch guruhlari faollarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda jamiyatning faoliyati, iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda joylardagi jamoatchilik faolligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Yig‘ilish davomida aholi murojaatlari bilan ishlash, iste’molchilarning buzilgan huquqlarini tiklash, fuqarolarga huquqiy tushuntirish va maslahatlar berish, shuningdek, aholi o‘rtasida iste’molchilik madaniyatini yuksaltirish borasidagi vazifalarga e’tibor qaratildi.
Muloqotda tayanch guruhlari faollarining mahallalardagi roli alohida ta’kidlandi. Xususan, aholi bilan bevosita muloqot qilish, iste’molchilarni qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, ularning huquqiy xabardorligini oshirish va zarur hollarda murojaatlarni tegishli tartibda hal etishga ko‘maklashish muhimligi qayd etildi.
Shuningdek, bugungi kunda iste’molchilik munosabatlarida uchrayotgan muammolarning oldini olish, jumladan, savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarida iste’molchilarning huquqlarini bilishi, onlayn xaridlar jarayonida hushyorlikni oshirish va o‘z huquqlarini himoya qilish mexanizmlaridan samarali foydalanish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Yig‘ilish yakunida Rishton tumanida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasidagi ishlarni yanada jonlantirish, jamiyat va tayanch guruhlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, aholi bilan manzilli ishlash hamda huquqiy targ‘ibot tadbirlarini kengaytirishga qaratilgan vazifalar belgilab olindi.



Отправить комментарий