XALQARO HAMKORLIK SARI MUHIM QADAM: GRUZIYA ISTE’MOLÇILAR FEDERASIYASI BILAN MEMORANDUM IMZOLANDI
Gruziya Iste’molçilar federasiyasi raisi Madona Koidzening Farğona viloyati iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatlari hududiy birlaşmasi ma’muriy binosiga taşrifi ikki taşkilot örtasidagi xalqaro hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqiş yölida muhim voqea böldi.
Taşrif davomida mehmonga hududiy birlaşmaning faoliyati, iste’molçilar huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş borasida amalga oşirilayotgan işlar, aholi murojaatlari bilan işlaş tizimi, huquqiy tarğibot va jamoatçilik nazorati yönalişidagi tajribalar haqida ma’lumot berildi. Şuningdek, ikki mamlakatda iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş sohasida şakllangan tajriba, mavjud imkoniyatlar va istiqboldagi hamkorlik yönalişlari yuzasidan fikr almaşildi.
Uçraşuvning eng muhim natijasi sifatida Farğona viloyati hududiy birlaşmasi raisi Axrorjon Raxmonaliyev hamda Gruziya Iste’molçilar federasiyasi raisi Madona Koidze örtasida özaro hamkorlik töğrisidagi Memorandum imzolandi.
Mazkur hujjat ikki taşkilot örtasida iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş sohasida tajriba va axborot almaşiş, huquqiy savodxonlikni oşiriş, qöşma konferensiya, seminar va davra suhbatlari taşkil etiş, axborot-ma’rifiy loyihalarni amalga oşiriş hamda xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlaş uçun taşkiliy asos yaratadi.
Mazkur hamkorlik nafaqat ikki taşkilot örtasidagi professional aloqalarni kengaytiriş, balki Özbekiston va Gruziyada iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş borasidagi ilğor tajribalarni özaro örganiş va ommalaştirişga ham xizmat qilişi kutilmoqda.
Işonç va özaro manfaatdorlikka asoslangan uşbu hamkorlik kelgusida yangi taşabbuslar, amaliy loyihalar va samarali natijalarga zamin yaratadi.



Отправить комментарий