Xalqaro isteʼmolchilar tashkiloti

Xalqaro isteʼmolchilar tashkiloti

Xabaringiz bor 2020 yilning 14-18 yanvar kunlarida Toshkent shahrida «Birinchi Yevropa va Osiyo davlatlari isteʼmolchilari forumi» o`tkazilmoqda. Quyida sizlarni Forum hamkori Xalqaro isteʼmolchilar tashkiloti (Consumers International) haqidagi maʼlumotlar bilan tanishtirib o`tamiz:

Xalqaro isteʼmolchilar tashkiloti (Consumers International) 1960 yil 1 aprelda АQSh, G`arbiy Yevropa va Аvstraliyadagi 5 ta isteʼmolchilar tashkiloti Xalqaro isteʼmolchilar ittifoqlari tashkiloti (International Organisation of Consumers Unions) degan nom bilan tuzgan edi.
Dastlab tashkilot isteʼmolchilar uchun ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni sinovdan o`tkazuvchi tashkilotlar o`rtasida global axborot almashishi uchun tuzilgan edi. Biroq oradan ko`p o`tmay, u isteʼmolchilar tashkilotlarini birlashtiruvchi xalqaro tashkilotga aylandi.
2019 yildan Xalqaro isteʼmolchilar tashkiloti (Consumers International) Prezidenti Marimutu Nadason.
Bugungi kunda tashkilotga dunyoning 100 dan oshiq mamlakatlarida isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish sohasida faoliyat ko`rsatayotgan davlat va nodavlat tashkilotilari aʼzodir. Uning bosh qarorgohi London shahrida joylashgan bo`lib, Lotin Аmerikasi, Osiyo-Tinch okeani, O`rta Sharq va Аfrikada mintaqaviy ofislari bor.
2018 yil 29 mart kuni Xalqaro isteʼmolchilar tashkiloti (Consumers International) Vasiylar kengashi yig`ilishida O`zbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining aʼzolik to`g`risidagi masala ko`rib chiqilib, Federatsiya Xalqaro isteʼmolchilar tashkiloti (Consumers International)ning to`laqonli aʼzoligiga qabul qilingan.
Uzbekiston isteʼmolchilar xuquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi Xalqaro isteʼmolchilar tashkiloti Boshqaruv Kengashi aʼzolarini saylashda ovoz berish vakolatiga ega.
Xalqaro isteʼmolchilar tashkiloti (Consumers International) isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish tashkilotlari konfederatsiyasidir. Uning boshqaruvi va kengashiga aʼzo tashkilotlarning yetakchi rahbarlari kiradi. Kengash Vasiylar boshqaruvining maslahat organidir. Kengash aʼzolari har 4-5 yilda aʼzo tashkilotlar umumiy yig`ilishida ovoz berish yo`li bilan saylanadi.
XIT isteʼmolchilarning 8 ta asosiy huquqi borligini eʼtirof etadi va ularni taʼminlash uchun faoliyat olib boradi:
• tovar va xizmatlari haqida axborot olish;
• tovar va xizmatlardan xavfsiz foydalanish;
• tovar va xizmatlarni tanlash;
• himoya;
• yetkazilgan zarar qoplanishini talab qilish;
• isteʼmolchi sifatida bilimlarni oshirib borish va
• sog`lom atrof muhitga ega bo`lish.
XIT isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish sohasida ularning huquq va manfaatlariga daxldor mahalliy va xalqaro qonun-qoidalarni o`zgartirish yo`lida o`ziga aʼzo isteʼmolchilar tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi. Shuningdek, tovar ishlab chiqarayotgan kompaniyalar masʼuliyatini oshirish va isteʼmolchilarni bozor qallobliklaridan himoya qilish uchun kampaniyalar o`tkazadi. Isteʼmolchilarning xabardorligini oshirish maqsadida mahsulot xavfsizligi tadqiqotlar o`tkazib, natijalarini eʼlon qilib boradi.
XITning Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti, YuNISEF, Jahon savdo tashkiloti singari global siyosat yurituvchi tashkilotlarda vakillari bor. Ular bilan dunyoning turli mintaqalarida isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan loyihalarni amalga oshiradi.
Har yili 15 mart butun dunyoda Xalqaro isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish kuni sifatida nishonlanadi. Uning maqsadi global miqyosda isteʼmolchilar huquqlari va eʼhtiyojlaridan xabardorlikni oshirishdir.
Bugungi kunda xalqaro isteʼmolchilar tashkilotiga Xelena Loran xonim bosh direktorlik qilmoqda.
XITga aʼzo bo`lgan tashkilot XIT va unga aʼzo tashkilotlar to`g`risida xabarlar, publikatsiyalar va elektron byulletenlarni olib turishi mumkin.
Mablag` bilan taʼminlanadigan tegishli va XIT ko`magida boshqa tomonlar moliyalashtiradigan loyihalarda ishtirok etish imkoniyati tug`iladi. Bundan tashqari, xalqaro aloqalar o`rnatish va XITning xalqaro kongressi va boshqa tadbirlarida, XIT ekspertlari Internet orqali uyushtiradigan vebinarlarda qatnashish imkoniyati paydo bo`ladi.

Hududiy birlashma Matbuot xizmati

Отправить комментарий